Foto: «Xabar.uz»
Qashqardaryoning Qamashi tumanidagi 170-maktab o‘qituvchisi Zilola Qurbonovaning fig‘oni falakda! Aytishicha, o‘qituvchilarga avtomashina sotib olishga berilgan imtiyozdan foydalanib, 2019 yilning 30 sentabr kuni «Neksiya-3»ga to‘lovni amalga oshiradi. O‘tgan yilning noyabr oyi oxirlarida «AS Kashkadarya-servis»dan xushxabar keladiki, mashinangiz zavoddan chiqib, Qamchiq dovonidan ham o‘tdi, Angrenda ma’lum sabablarga ko‘ra turib qolishi ehtimoli bor, xohlang — kuting, xohlang — o‘sha joydan borib olib keling...
Zilola Qurbonovaning kutishga sabri yetmaydi. Ichi qizib, olis Qashqadaryoda kutguncha, shartta Angrenga borib olib kelmasinmi?! Mashinalik bo‘lish insonning orzusi-ku?! Ayniqsa, kasbining turgan bitgani mashaqqat bo‘lgan o‘qituvchi uchun?! Bir-ikki so‘m chiqimning betiga qaramay, Angrenga kelib, mashinasini olib ketdi.
Biroq Z.Qurbonovaning quvonchi ko‘pga cho‘zilmadi. Uch kunda mashina «brak» ekani oydinlashdi. Bir marta yuvgandi, rangi xiralashdi (!), boshqa nuqtalariyam me’yorga to‘g‘ri kelmaydi deng.
Nima qilsin? «E, boriga baraka», deb bo‘lmaydi. Mashina (o‘zimizda chiqsayam!) ozmuncha pul turadimi?!
Mashinani qaytarishga ahd qildi. Biroq bu osonlikcha bo‘lgani yo‘q. «AS Kashkadarya-servis»dagilarga u deb ko‘rdi, bu deb ko‘rdi, qachonki vaziyat mashinani «avtosalon» eshigi oldida qoldirib, kalitini tashlab ketishga qarab ketganidan keyin «Neksiya-3»ni olib qoldilar.
Bu — 2019 dekabr oyi boshidagi gap. Oradan bir oy o‘tib, Z.Qurbonova Asakadagi zavod bilan bog‘langach, unga aytishdiki, «brak»ning o‘rniga boshqa mashinani fevralda olasiz, nasib...
Nega?
Shartnoma bor.
Qanaqa shartnoma?
Ma’lum bo‘lishicha, «AS Kashkadarya-servis»dagilar Asaka zavodi bilan (Z.Qurbonova bexabar!) yangi shartnoma imzolashibdi. Unga ko‘ra, mashina fevralda berilarmish... «Mensiz qanday shartnoma tuzildi?». Bu savolga «AS Kashkadarya-servis»dan quyidagicha javob oldi: «Mashinani qaytarib berganingiz haqidagi arizangizga ilova tarzda o‘zimiz shartnoma tuzaveramiz!».
Bu savolga aniq va qonunga asoslangan javobni «O‘zavtosanoat»dan kutamiz, albatta.
Biroq voqealar rivoji shartnoma shartlarini xaridor emas, yetkazib beruvchi buzganini ko‘rsatadi. Chunki xaridor pulini to‘lagan, unga o‘z vaqtida mahsulot yetkazib berilishi shart! Agar holat shu tarzda davom etaversa, o‘qituvchi, pul to‘langan sanadan hisoblansa, naq besh oy mashina kutishga majbur qilinmoqda. Bu hol mavjud tartiblar nari tursin, oddiy mantiqqayam to‘g‘ri kelmaydi.
Kim-kim, oddiy o‘qituvchini bunchalar sarson qilish-chi?!
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi