10:36 / 07.01.2020
6 658

UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi

UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi
Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida «O‘zavtosanoat»ning strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi.

Rustam Qodirov 2022—2023 yillarga qadar O‘zbekistonda Spark, Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarini ishlab chiqarish asta-sekin to‘xtatilishini ma’lum qildi.

Ularning o‘rniga 10—15 ming AQSH dollari atrofidagi yangi modellar, jumladan, Chevrolet Onix ishlab chiqarilishi boshlanishi qayd etildi. Ta’kidlanishicha, bu yangi modellarning ayrimlari elektromobil bo‘ladi.

«Xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar natijasida ‘O‘zavtosanoat’ AJ korxonalari bazasida plastmassa va shovqindan himoyalash detallari, kabellar, interer detallari, texnologik jihozlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish imkonini beradi», — deydi boshqarma boshlig‘i.

Shuningdek, yana ikkita yangi modeldagi yo‘ltanlamasni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Albatta, ularning narxi Onix sedanidan qimmatroq bo‘ladi.

2019 yilda UzAuto Motors hajmlarni 220 ming donadan 271 ming dona avtomobilga yetkazib (bu 2018 yildagidan 23,2 foizga ko‘p), ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha rekordni yangilagani qayd etilgan. 2020 yilda yengil avtomobillarni yillik ishlab chiqarish hajmini 350 ming donagacha kengaytirish ko‘zda tutilayotgani ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors kompaniyasi Nexia, Spark, Gentra, Cobalt’ni yangi modellarga almashtiradi