Joriy yilning 6 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda «Jiguli» avtomashinalari ishtirokida poyga uyushtirilganlik holati aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, poygachilar kimligi aniqlandi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
[media=https://youtu.be/zgCHHr5J25o]
Ma’lum bo‘lishicha, 1991 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan Sh.S. va 1992 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan, transport vositalarini ta’mirlash (elektrik) bilan shug‘ullanuvchi usta X.S. tomonidan tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan turib «Vaz-210130» rusumli qizil rangli «Jiguli» avtomashinasini boshqargan. Shuningdek, oq rangli «Vaz-2101» rusumli ikkinchi transport vositasi 1992 yilda Jomboy tumanida tug‘ilgan fuqaro Bobir Abdurahmanovga tegishli ekanligi aniqlangan.
Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB
2019 yilning 24 dekabr kuni soat taxminan 23:45 atrofida transport vositasini ta’mirlab bo‘lganidan so‘ng B.A. hamda X.S. avtomobillarni sinab ko‘rish maqsadida poyga uyushtirgan. Bu orqali ular jamoat tartibini buzgan holda fuqarolarning tinchligini buzib, mayda bezorilik harakatlarini sodir qilgan.
2020 yil 6 yanvar kuni viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Sh.S.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi 2-qismi bilan, X.S.ga nisbatan MJtKning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-moddasi 2-qismi va 125-moddasi 5-qismi bilan hamda B.A.ga nisbatan MJtKning 125-moddasi 5-qismi, 128-5-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toyloq tuman ma’muriy sudining 6 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, B.A. hamda X.S. MJtKning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi