06:00 / 11.01.2020
6 586

Eng ko‘p hashamdor avtomobillar sotuvchi kompaniya: BMW mi yoki Mercedes?

Eng ko‘p hashamdor avtomobillar sotuvchi kompaniya: BMW mi yoki Mercedes?
2019 yilda eng hashamdor avtomobillar sotuvchi brend titulini Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi saqlab qoldi. Nemislar qatorasiga to‘rtinchi bor ushbu reytingni boshqarishmoqda.

Mercedes’ning bunday "g‘alabasi" 10 yanvar, juma kuni BMW’ning yillik natijalari e’lon qilingach ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yili kompaniya 2,52 million dona ( Rolls-Royce va MINI bilan qo‘shib hisoblaganda) avtomobillarni sotishga muvaffaq bo‘ldi.

2,17 million dona mashina BMW brendi ostida ishlab chiqarilgan.

Payshanba kuni Daimler AG o‘zining Mercedes-Benz avtomobili 2019 yilda 2,34 million dona sotilganini e’lon qildi. O‘tgan yilga nisbatan sotuvlar 1,9% ga o‘sdi. Shunday qilib, Mercedes-Benz to‘qqizinchi yilni ijobiy savdo dinamikasi bilan yakunlamoqda.

Yil yakunlariga ko‘ra Germaniyaning yana bir vakili Audi hashamatli brendlar orasida dunyoda uchinchi o‘rinda turibdi. Uning sotilishi yil davomida 1,8 foizga o‘sdi va 1,85 million avtomobilni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Eng ko‘p hashamdor avtomobillar sotuvchi kompaniya: BMW mi yoki Mercedes?