3 168
Astana Motors 2019 yilda O‘zbekistonga qancha Hyundai avtobillarini sotgani ma’lum qilindi
Foto: Forbes.kz
Qozog‘istonning Astana Motors kompaniyasi 2019 yilda O‘zbekistonga 224 dona Hyundai avtomobilini sotgan. Bu haqda kompaniya rahbari Nurlan Smagulovga tayanib, Forbes xabar berdi.
U hozirda savdolar hajmi u qadar yirik emasligini tan olib, bozorning istiqbolli ekanligini ta’kidlagan.
«O‘zbekiston hukumati bozorni ochish kerakligini, sog‘lom raqobat zarurligini tushunib turibdi. Iste’molchilar boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotini ham ko‘rishni istaydi», — deydi biznesmen.
Smagulovning so‘zlariga ko‘ra O‘zbekistondagi ikkita savdo nuqtasiga Toshkentdan yana ikkita avtomarkaz qo‘shish va Buxoro hamda Samarqandda hamkorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.
Astana Motors O‘zbekistonda Hyundai yengil avtomobillarini sotishni rejalashtirayotgani haqida 2018 yilning yozida xabar berilgandi. O‘sha vaqtda Astana Motors bir necha yillardan buyon O‘zbekiston eksport uchun chegaralarni ochishini «diqqat bilan kutgani» ma’lum bo‘lgandi.
2019 yilning yanvarida Toshkentda Hyundai Auto Asia dilerlik avtomarkazi ochilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi