11:30 / 24.01.2020
4 158

«Sariq yonmayapti». Toshkentda ayrim svetoforlarning ishlash tartibi o‘zgardi

«Sariq yonmayapti». Toshkentda ayrim svetoforlarning ishlash tartibi o‘zgardi
2019 yilning 7 sentabridan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan sinov tariqasida yangiliklar joriy qilish amaliyoti boshlangan edi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida poytaxtning bir nechta chorrahalarida svetoforning ishlash tartibi o‘zgartirilgan edi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

O‘zgarish quyidagi ko‘rinishga ega.

Yo‘nalishlardan birida svetoforning taqiqlovchi (qizil) signalidan so‘ng (sariqni chetlab) ruxsat beruvchi (yashil) signal yonmoqda. Shu vaqtda qarama qarshi yo‘nalishda svetofor standart tartibda (qizil, sariq, yashil) ishlaydi.

Sinov shaharning to‘rtta chorrahalarida boshlandi: Amir Temur – Nukus ko‘chalari; Sharof Rashidov – Islom Karimov ko‘chalari, Afrosiyob – Shahrisabz ko‘chalari; Sodiq Azimov – Fidokor ko‘chalari. Ijobiy natijalarni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmadi, yuqoridagi chorrahalarda kichik to‘qnashuvlar soni kamaydi. Bundan tashqari, ushbu o‘zgarish yo‘nalishlardan biriga ikkinchi yo‘nalish harakatni boshlashidan oldin burilishlarni tugatish uchun fursat beradi va bu bilan chorrahalardagi tirbandlikning oldi olinadi.

Natijalar ijobiy bo‘lganligi sababli ushbu yangi tartib to‘liq ishga tushirilgan. Masalan, faqatgina Uchtepa tumanida o‘zgarishlar o‘ndan ortiq chorrahalarda, Chilonzor tumanida – beshta, Sergeli tumanida ham beshta chorrahalarda ishga tushirildi.

Haydovchilar asta-sekin svetoforning yangi tartibiga ko‘nikishmoqda, YPX xodimlarining kuzatuvlariga ko‘ra ular ruxsat beruvchi signalga ilgarigidan ko‘ra sekinroq qo‘zg‘alishni boshlaganlar.

«Ammo bizga «muammo» haqidagi xabarlar muntazam ravishda kelib tushmoqda – haydovchilar, «sariq ishlamasa» svetofor buzilgan deb o‘ylashmoqda. Umid qilamizki, ushbu xabarimiz barcha uchun foydali bo‘lib, haydovchilarning xavotirlari yo‘qolishiga va yo‘l harakati xavfsizligi uchun yangi tartibning afzal tomonlariga e’tibor qaratishlariga sabab bo‘ladi. Haydovchilarning fikr va kuzatuvlarini kutib qolamiz. Sizningcha, yangi usul o‘zini oqlaydimi? Afzalliklarini ko‘rdingizmi?», deyiladi IIBB xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Sariq yonmayapti». Toshkentda ayrim svetoforlarning ishlash tartibi o‘zgardi