22:30 / 24.01.2020
3 899

Al Kaponening 90 yillik Cadillac mashinasi million dollarga sotuvga qo‘yildi

Al Kaponening 90 yillik Cadillac mashinasi million dollarga sotuvga qo‘yildi
Foto: Motor
AQSH tarixidagi eng mashhur mafiya yetakchisi Al Kaponening avtomobillaridan biri sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Motor'ga asosan Daryo xabar bermoqda.
Bu 1928 yilda ishlab chiqarilgan Cadillac Town Sedan bo‘lib, atigi 1 787 kilometr yurgan. U kamida 1 million dollarga baholanmoqda.

Avtomobil o‘z vaqtida Chikagoni tasarruf qilgan kriminal imperiya rahbariga tegishli bo‘lgani sababli qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, aylana bo‘ylab qalinligi bir dyuym (2,54 santimetr) bo‘lgan o‘q o‘tmas oynalar o‘rnatilgan, yon oynalari esa merganlarga mo‘ljallangan ikki dyuymli tuynuk hosil qilish uchun ko‘tarilishi mumkin. Shuningdek, ta’qib etayotgan avtomobilga o‘q uzish imkoniyatini yaratish uchun mashinaning orqa oynasi ham ochiladi.

Barcha eshiklar qo‘shimcha po‘lat bo‘laklari bilan qoplangan. Shuningdek, Cadillac politsiya sirenasi, migalkasi, hatto bardachokda yashirilgan radio bilan ham jihozlangan. Egasi mashinani barcha politsiya avtomobillariga xos bo‘lgan rangga bo‘yagan, shu sababli gangsterlarni politsiyachilardan deyarli ajratib bo‘lmagan.

Mazkur Cadillac tarixdagi ilk zirhli avtomobillardan biri bo‘lib, bu hujjatlar bilan ham tasdiqlangan. Al Kaponening ko‘plab mol-mulkini musodara qilayotganda huquq-tartibot idoralari uni ko‘zdan qochirgan va avtomobil deyarli shu paytgacha garajlar yoki AQSHdagi turli muzeylarda saqlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Al Kaponening 90 yillik Cadillac mashinasi million dollarga sotuvga qo‘yildi