Foto: «Samauto.uz»
2019 yil oxirida Toshkent shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ilk Isuzu D-Max pikapi taqdimoti o‘tkazilgan edi. Avtomobillar yettita rang va yettita modifikatsiyada taqdim etilmoqda.
Avtomobillarga oldindan buyurtma qilish 2019 yilning dekabrida, sotish jarayoni esa 2020 yilning yanvarida boshlanishi aytilgan edi.
Pikaplar ekologik tozaligi va tejamkorligi bilan ajralib turuvchi dizel yoqilg‘isida ishlaydi.
Spot’ning yozishicha, o‘zbekistonliklar uchun uchta modifikatsiyada taklif etilmoqda:
D-Max SAHAR. Ikki yo‘lovchi joyiga ega bir qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 270 million so‘m.
D-Max OKSUS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 2,5 litr, mexanik uzatmalar qutisi — 340 million so‘m.
D-Max IRBIS. To‘rt yo‘lovchi o‘rniga ega ikki qatorli kabina. Dvigatel hajmi 3 litr, avtomatik uzatmalar qutisi — 380 million so‘m.
O‘zbekistonda pikaplar savdosi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchda joylashgan sakkizta dilerlik markazlari shug‘ullanadi.
«20—24 yanvar kunlari SamAuto zavodi birinchi marta yangi avtomobillarni o‘z egalariga topshirdi. Birinchi partiyada to‘qqizta pikap bor edi. Xaridorlar D-Max IRBIS modifikatsiyasiga ko‘proq buyurtma berdi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi