Qaysi mashina ikki yillik foydalanishdan so‘ng buzilishni boshlaydi? Qaysi avtomobil 10 yil xizmat qilib beradi? Buni anglash uchun TÜV nemis texnik nazorat assotsiatsiyasi mutaxassislari eng ishonchli va ishonchsiz mashinalarning reytingini tuzdi.
«Forbs» nashrining yozishicha, avtoulovlarning ishonchsizlik reytingi 9 milliondan ortiq foydalanilgan mashinalarni tekshirish natijasida tuzilgan. 4-5 yil va 6-7 yillik mashinalar toifasidagi eng ishonchsiz avtomobil Chevrolet Spark bo‘ldi.
TÜV mutaxassislari Chevrolet Sparkda tormoz tizimi va yurish qismi bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Bundan tashqari, ushbu model dvigatel moyini ko‘p iste’mol qilishi aniqlandi.
Korpusining zanglashga chidamliligi Chevrolet Sparkning yagona afzalligi deb topildi.
Chevrolet Matiz esa 8-9 va 10-11 yillik mashinalar toifasidagi eng ishonchsiz avtomobilga aylandi.
Osma tizimning yaxshi emasligi, tutun chiqaruvchi quvurning zanglab ketishi va moyning ko‘p ishlatilishi... TÜV mutaxassislari bularning barchasini ushbu rusumdagi avtoulovlarni tekshirganda ko‘rdi. 10-11 yoshli avtomobillar toifasida Chevrolet Matiz ishonchliligi bo‘yicha oxirgi o‘rinni Dacia Logan I bilan bo‘lishib oldi.
Ushbu mashinalarni tekshirish paytida mutaxassislar prujina va amortizatorlarning muhim nosozliklarini aniqlay olmadi. Shunga qaramay, boshqa barcha qismlarning holati yuzasidan Dacia Logan I va Chevrolet Matiz reytingning eng quyisidan joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi