
Foto: «Twitter»
Amerikalik tadbirkor, «Tesla» avtokompaniyasi rahbari Elon Mask konveyerdan millioninchi elektromobil chiqqanini ma’lum qildi.
Congratulations Tesla team on making our 1,000,000th car!! pic.twitter.com/5M99a9LLQi
— Elon Musk (@elonmusk) March 10, 2020
«Tesla» jamoasini 1 000 000-mashina chiqqani bilan tabriklaymiz!», — deb yozdi Mask o‘z tvitterida.
Xabarga ilova qilingan ikkita suratda «Tesla» jamoasi va millioninchi mashina — qizil rangli «Tesla Model Y» aksini topgan.
Kompaniya elektromobil ishlab chiqaruvchilar orasida birinchi bo‘lib millionlik dovonni bosib o‘tdi.
«Tesla» elektromobillari AQSH va Xitoyda ishlab chiqarilmoqda. Yaqinda Germaniyadagi zavodini qurish boshlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar