Foto: Motor
«Rossiya gazetasi»ning jurnalistlari Sobiq sovet davrining bessellerlari — «VAZ 2101», «Zaporojes» va «Moskvich» hozirgi kunda necha puldan sotilgan bo‘lishi mumkinligini hisoblab ko‘rdi, deb xabar beradi Daryo.
Sovet davridagi pulni hozirgi kun bilan taqqoslash uchun jurnalistlar 1965 yildan 1975 yilgacha bo‘lgan davrdagi yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini solishtirdi. O‘sha vaqtda bu 40 rublni tashkil etgan. Hozirda esa ushbu summa 11 185 rublga teng. Bundan kelib chiqadiki, bir sovet rubli 279,6 hozirgi zamon rubliga teng.
Bu orqali sovet avtomobillari hozirda qancha turishini hisoblash mumkin. Masalan, 1975 yilda «Kopeyka» («Jiguli») 5620 rubl turgan. Ushbu summa 279,6 rublga ko‘paytirilsa, 2020 yilda bu mashina 1 571 352 rubldan (20 500 dollar) sotilgan bo‘lardi. Hozirda Skoda Octavia yoki Renault Arkana taxminan shu narxda sotilmoqda. Yana bu pulga O‘zbekistonda ikkita Nexia-3 ham olish mumkin.
Foto: Motor
«Quloqli Zaporojes» esa 1972 yili 3000 rubldan sotilgan. Hozirgi narxga taqqoslaganda uni 830 700 rublga (10 800 dollar) sotib olish mumkin bo‘lardi. Bugungi kunda ushbu pullarga Lada Vesta yoki Chevrolet Cobalt xarid qilish mumkin.
«Moskvich» 1975 yilda 4936 rubl yoki hozirgi vaqt bo‘yicha 1 380 105 rubl (17 900 dollar) turgan. Hozirda ushbu pulga bemalol Hyundai Creta yoki Tayota Corolla sotib olsa bo‘ladi. Bu pulga yana ozroq qo‘shilsa, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker olish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»