19:30 / 25.03.2020
4 114

Audi va Volkswagen koronavirus sababli o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi

Audi va Volkswagen koronavirus sababli o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi
Audi va Volkswagen avtomobil brendlari koronavirus epidemiyasi vaqtida odamlarni bir-biridan masofa saqlashga undash maqsadida o‘z logotiplarini o‘zgartirishga qaror qildi.
Bu haqda Car and Driver nashri yozdi. Kompaniyalar o‘zgartirilgan logotiplari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan.

Audi’ning yangi logotipida odatdagi bir-biriga tutashib ketgan 4 halqa bir-biridan ajratib tasvirlangan. Kompaniyada eng muhim narsa sog‘liq ekani eslatib o‘tilgan.

Volkswagen emblemasida ham V va W harflari orasida masofa paydo bo‘lgan.
Kompaniyalar shunday antiqa yo‘l bilan koronavirus epidemiyasi vaqtida o‘zaro masofa saqlash lozimligini yana bir bor eslatib qo‘yishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda virusning tarqalishi oldini olish uchun odamlar 1,5-2 metr masofa saqlashlari kerakligi ta’kidlab kelinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Audi va Volkswagen koronavirus sababli o‘z logotipini vaqtincha o‘zgartirishga qaror qildi