
Foto: YouTube
Toyota Land Cruiser 200 avtomobilining yog‘ochdan yasalgan nusxasi ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ushbu model yaratilishi aks etgan videorolik bir hafta ichida 24 milliontadan ko‘proq tomosha qilindi.
Vetnamlik usta yog‘ochdan avtomobil yasash jarayonini ko‘rsatib bergan. Ishlov berilmagan yog‘ochlar bir necha daqiqa ichida uning qo‘lida avtomobilga aylanadi.
Avvaliga usta avtomobilni yog‘och ustiga chizib, kerakli shaklni kesib oladi, so‘ngra mayda detallarni boltlar yordamida bir-biriga qotiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar