4 636
Shavkat Mirziyoyev avtokredit berayotgan banklarni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Butun dunyoda pandemiyadan eng katta zarar ko‘rgan tarmoqlardan biri avtomobilsozlik bo‘lmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash uchun, avvalo, ichki bozor imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zarur.
Masalan, O‘zbekistonda ehtiyot va butlovchi qismlar bozori 500 million dollarni tashkil etadi. Mahalliy mahsulotlarning undagi ulushi – atigi 9 foiz. «O‘zavtosanoat»ga 2020 yil yakuniga qadar 300 turdagi import butlovchi qismlarni o‘zlashtirib, xorijnikidek sifatli ishlab chiqarish vazifasi qo‘yildi.
Avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqish, avtokredit berayotgan tijorat banklarini rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
«SamAvto» va MAN zavodlarida maxsus texnikalar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar tarmoqda talab kuzatilayotgan yangi turlarni o‘zlashtirish yaxshi samara berishi ta’kidlandi.
Avtosanoat mahsulotlari eksportini oshirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Ishlab chiqarishdan tortib, savdo va servis xizmatigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni raqamlashtirish orqali sifatni nazorat qilish, mahsulotga ishonchni oshirish, ochiq-oshkoralikni ta’minlash muhimligi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi