Foto: Autorambler
Mashinaga o‘tirayotganda haydovchini kuchli bo‘lmagan, biroq yoqimsiz tok urish holatlari uchrab turadi. Autorambler bu kabi holatlarning oldini olishda yordam beradigan masalahatlari bilan bo‘lishdi.
Aslini olganda, tok urushi — ustki kiyimning salondagi materiallar bilan ishqalanishi natijasida paydo bo‘ladigan statik elektr toki hisoblanadi. Sovet davrida mashinalarning orqa bamperiga rezina parcha — antisatik ilib qo‘yilgan. Hozirda bu kabi aksessuarlar bilan hech kim mashinasini bezamaydi, ammo «temir otning» tok urushi, baribir, yoqimsiz holat.
Buning oldini oluvchi bir necha variantlar bor. Statik elektr tokiga qarshi kurashda eng oddiy usul — salonga zaryad to‘planishiga qarshilik ko‘rsatuvchi maxsus vosita bilan ishlov berish. Buning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor — sprey tez o‘chib ketgani sabab uni muntazam sepib turish kerak.
Foto: Autorambler
Yana bir usul bu — metall kuzovga tegishi natijasida avtomobildagi tokni yerga uzatib yuboruvchi maxsus brelokdan foydalanish.
Foto: Autorambler
Agarda yuqoridagi variantlarning birortasi yordam bermasa, eng oddiy usul — shunchaki, salondagi biror metalldan ishlangan detalga teginib, tokdan xalos bo‘lish.
Bularning barchasi yordam bermasa, avtomobilning elektr tizimini mutaxassisga ko‘rsatish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi