18:24 / 25.04.2020
5 313

Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: Motor
Oldenburgdagi ROSIER Classic Sterne kompaniyasi 15 nusxada yaratilgan Limited Edition G 63 6x6 Brabus B63S-700 yo‘ltanlamaslaridan birini sotuvga qo‘ydi. Soliqsiz hisoblaganda mashina narxi 840 ming yevroga baholanmoqda. Bu pulga ikkita Rolls-Royce Cullinan xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Mercedes-Benz G 63 AMG 6x6’ning zavod variantga 544 ot kuchiga ega, yetti pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariluvchi 5,5 litrli V8 biturbomotorni taqdim etadi. Mashinaning ostki qismi va yo‘l yuzasi orasidagi oraliq masofa 460 millimetrni, kirish va chiqish burchaklari juda katta: mos ravishda 52 va 54. Biroq bu ham yo‘ltanlamasning loy yoki qorga botib qolishidan qutqara olmagan. Brabus yanada takomillashib, dvigatel quvvati 700 ot kuchiga yetgan. Qayta ishlangan olti g‘ildirakli G 63 AMG 6x6 soatiga yuz kilometr tezlikka 4,4 soniyada erisha oladi.

Foto: Motor
Quvvati oshirilgan PowerXtra CGI va yangi turbokompressorlardan tashqari, G 63 AMG 6x6’ning kuzovi Mystic White Bright rangiga bo‘yalgan, salon elementlari va detallari yangilangan, qo‘shimcha yorug‘lik diod seksiyalari qo‘shilgan, ostidan himoya plastinalari o‘rin olgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Olti g‘ildirakli Brabus ikkita Rolls-Royce narxida sotuvga qo‘yildi (foto)