3 406
Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi
Foto: Autorambler
Pandemiya dunyoning ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalariga jiddiy zarar yetkazdi. Ko‘plab avtomobil dizaynerlarining fikricha, koronavirus kelajak avtomobillarining yaratilishiga turtki bo‘ladi, deb xabar beradi Autorambler.
«Pandemiya bizning xavfsizlik va hashamat borasidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradi», — deydi Daimler bosh dizayneri Gordon Vagener. Mazkur fikrni Rolls-Royce’dagi hamkasbi Feliks Kilbertus ham qo‘llab-quvvatlagan. Uning ta’kidlashicha, kelajak avtomobillarining vazifasi — o‘z egasiga erkinlik va xavfsiz harakatlanish hissini taqdim etishdan iborat.
Hozirda ko‘plab avtobrendlar havoni tozalovchi turli tizimlarni sinovdan o‘tkazishni boshlab yubordi. Masalan, Jaguar Land Rover (JLR) bakteriya va viruslarning salonda tarqalishini to‘xtatuvchi ultrabinafsha lampani yaratishni boshladi. JLR vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi texnologiya soddalashtirilib, salon iqlimini nazorat qiluvchi tizim bilan integratsiyalashishi mumkin.
Foto: Autorambler
Mercedes kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar avtomobil tashqarisida ham havo tozalash g‘oyasini ilgari surmoqda. Vagener bu kabi tizimning tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq mazkur yangilikni u «mashina havodagi patogenlarni so‘rib olib, uni tozalaydi» deb izohlagan.
Shu bilan birga, Rolls-Royce xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan qurilmalarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Gap avtomobil uchun «ko‘rinmas-yopinchiq» haqida ketmoqda. Kilbertusning so‘zlariga ko‘ra, innovatsion yopinchiq mashina tomini potensial o‘g‘rilardan himoya qilishi mumkin, biroq dizayner sirli qurilmaning ishlashi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi