1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiquvchi Porsche model (video)

1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiquvchi Porsche model (video)
Kadr: YouTube
Ko‘pchilik Tesla Model S elektrokari eng zo‘r superkarlarni «dabdalasini» chiqarishiga o‘rganib qolgan. Biroq Bahrayndagi EKanoo Racing kompaniyasining modifikatsiyalashgan Porsche 911 Turbo S modeli o‘zining barcha seriyali «akalari uchun» qasos olishga qodir, deb xabar beradi CARakoom.

Standart jihozlari bilan 911 Turbo S dunyodagi eng tezkor avtomobillardan biri hisoblanadi, biroq EKanoo Racing tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar uni mutlaqo yengilmasga aylantirgan.

Yorqin ko‘k rangli Porsche o‘tkazilgan sinov vaqtida 60 mil/soat tezlikka (96 km/soat) 1,87 soniyada, keyinroq 130 mil/soat tezlikka (209 km/soat) 5,31 soniyada erishgan.

Avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 5 soniyada chiqa olsa, u juda tezkor hisoblanadi. Ammo Porsche buni ikki barobar kamroq vaqt ichida uddalagan. Sinov vaqtida avtomobil chorak milni finishdagi 169,37 mil/soat tezligi bilan (273 km/soat) 8,443 soniyada bosib o‘tgan.

Mazkur Porsche 911 Turbo S ancha yillardan buyon Bahraynda poygalarda ES1XXX nomi ostida qatnashib keladi. Superkar dvigateli Turkiyaning Esmotor kompaniyasi tomonidan qayta ishlangan bo‘lib, 1073 ot kuchi va 1393 Nm aylanuvchi momentga ega.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar