Foto: Motor
Dunyodagi eng uzun avtomobil hisoblanuvchi American Dream («Amerika orzusi») limuzini amerikalik Mayk Menning ismli fuqaroning sa’y-harakatlari bilan restavratsiya qilinadi. Hozirda avtomobilni asl holatiga qaytarish bo‘yicha ish boshlab yuborilgan, deb xabar beradi Motor.
American Dream XX asrning 90 yillarida Jey Orberg tomonidan yaratilgan. Orberg dunyodagi eng uzun avtomobilni yaratish uchun 1976 yilda ishlab chiqarilgan ikkita Cadillac Eldorado limuzinlarini birlashtirib, unga 26 ta g‘ildirak va bir juft motor o‘rnatgan. Natijada bortida jakuzi, vertolyot maydonchasi, mini-golf maydonchasi va basseyn joylashgan 30,5 metrli mashina paydo bo‘lgan.
Foto: Motor
So‘nggi yillarda limuzin Autoseum muzeyi omborida saqlanayotgan edi. Menning American Dream’ni xarid qilganida u juda ayanchli ahvolda bo‘lgan: kuzovining aksariyat qismi zanglab ketgan, old bamperi va bitta farasi yo‘q, bir necha o‘qlarida g‘ildiraklar mavjud bo‘lmagan. Menningning so‘zlariga ko‘ra, limuzinni restavratsiya qilish ishlari bir yildan ortiqroq vaqt oladi va keyingi yilning bahorida tayyor bo‘ladi.
Foto: Motor
Foto: Motor
Foto: Motor “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi