03:00 / 22.05.2020
4 421

Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi

Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi
Belarus Respublikasi avtomobil bozorida Chevrolet brendi ostida taqdim etilgan ilk modellar Spark, Nexia va Cobalt modellari bo‘ldi. Bu haqda "O‘zavtosanoat" ma’lum qildi.

Avtomobillarning birinchi partiyasi “Multimotors” avtomarkaziga yetkazib berildi, u Chevrolet brendining premial avtomobillari rasmiy dileri sanaladi va endilikda UzAuto Motors bilan ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha yangi dilerlik kelishuvini imzoladi.

UzAuto Motorsning Belarusdagi sherigi va ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarining rasmiy dileri “Multimotors” kompaniyasi qayd etishicha, ushbu avtomobillarning asosiy afzalligi narx va sifatning ajoyib mutanosibligi, jumladan, komplektatsiyasidir.

Jahon avtosanoatining yetakchilaridan biri – General Motors kompaniyasi o‘rnatgan standartlarga to‘liq mos keluvchi avtomobillarning yuqori sifatiga erishilgani uchun UzAuto Motors'ga ​tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi ​taqdim etildi.

UzAuto Motors kompaniyasi Belarus, Qozog‘iston va Rossiya eksport bozorlarida Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Belarusda UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi