3 387
Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir MCHJ faoliyatiga chek qo‘yildi
2019 yil may oyidan 2019 yil sentabr oyiga qadar E.I. va boshqalar bilan birga uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab qonunga xilof ravishda Jizzax shahrida joylashgan Almaz Super Avto MCHJni ta’sis qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Ular fuqarolarning mulkini egallash maqsadida avtotransport vositalarini foizsiz 2 va 5 yil muddatga pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan fuqarolarga olib berishni va’da qilgan.
Qayd etilishicha, bu shaxslar faoliyatini reklama qiluvchi flayerlarni MCHJda tashkil qilingan tariflar turiga qarab 2.625.000 so‘mdan 9.100.000 so‘mgacha sotib, o‘zining zimmasidagi majburiyatni OAV va internet tarmog‘i orqali yangi jalb qilingan Andijon, Farg‘ona va Namangan filiallarida shartnoma tuzilgan jami 446 nafar mijozdan qabul qilingan 3.125.604.413 so‘m pullardan 1.626.055.000 so‘m pullarni MCHJ hisob raqamiga kirim qilib, qolgan 1.499.549.413 so‘m pullarni kirim qilmasdan fuqarolarga avtomashina olib bermasdan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, E.I.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 189-moddasi 1-qismi bilan, E.Q. va D.X.ga JKning 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 189-moddasi 1-qismi bilan ayb e’lon qilinib, E.I.ga nisbatan “qamoqqa olish”, E.Q. va D.X.ga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 3.125.604.413 so‘m moddiy zararning 1.110.000.000 so‘mi undirilgan.
Jinoyat ishi tegishli tartibda sud muhokamasiga yuborilgan, deyiladi ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi