
Foto: Carakoom
Orenburg viloyatida joylashgan qishloqlarning birida ikki eshikli «Moskvich-401» sotuvga qo‘yildi. Avtomobil oddiy «401» modeli asosida yaratilgan.
Avtomobil ishqibozlari «Moskvich-401» Opel Kadett prototipidan farqli o‘laroq hech qachon ikki eshikli kuzovda ishlab chiqarilmaganini yaxshi biladi. Modelning orqa eshiklari payvandlab tashlangan, markaziy ustuni esa orqa g‘ildirak arkalari tomon surilib, qolgan ikki eshikning uzunligi oshirilgan. Kuzov jigarrangga bo‘yalgan va unga qo‘lda yasalgan old hamda orqa bamperlar o‘rnatilgan.

Foto: Carakoom
Bundan tashqari, mashinaga enli rezina kiydirilgan zamonaviy g‘ildirak diskalari o‘rnatilgani sabab uning qanotlari kengaygan. Shuningdek, orginal orqa fonarlari va orqani ko‘rish oynasi ham zamonaviy.

Foto: Carakoom
Avtomobilning texnik tavsifi haqida biror-bir ma’lumot berilmagan. Noodatiy «Moskvich» 250 ming rublga (3,5 ming dollar) sotilmoqda.
Manba: Daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar