
Foto: Auto-uzbekistan
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda iyun oyida eng ko‘p Cobalt modeli ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda o‘tgan 6 oyda jami 37 682 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,2 foizga ko‘p demak.
Iyun oyining o‘zida 7557 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020 yilning boshqa oylariga qaraganda eng ko‘p ko‘rsatkichni qayd etgan.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yilning yanvar—iyun oylarida 35 050 dona Nexia T-250 (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,9 foiz), 37 682 dona Cobalt (154,2 foiz), 26 047 dona Lacetti-Gentra (133,0 foiz), 26 687 dona Damas (115,8 foiz), 14 511 dona Spark (160,4 foiz) hamda 3 478 dona Labo (90,7 foiz) avtomobillari ishlab chiqarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar