Avtomobil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi “UZAUTOMOTORS” AJning joriy yil mart oyida bir qator yengil avtomobillar narxini oshirishi saylovchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Mamlakatimizda raqobat muhitini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish investitsiyaviy muhitni yaxshilashning muhim talabi ekanligini inobatga olib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi bir guruh deputatlar tomonidan mazkur soha o‘rganilib, takliflar ishlab chiqilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zLiDeP fraksiyasi a’zolari hisoblangan deputatlar R.Kusherbayev, D.G‘aniyev, N.Jumayev tomonidan “Parlament nazorati” shaklida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh.Sharipovga tegishli deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda Hukumat topshirig‘i doirasida “UZAUTOMOTORS” AJ tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlar va ko‘rilgan choralar haqida asoslantirilgan axborot berish hamda qo‘mitaning avtomobillar narxini aholining harid qobiliyatiga moslashtirish yuzasidan nuqtai nazarini bayon etish talabi qo‘yilgan.
Mazkur yuborilgan deputatlik so‘rovi haqida R.Kusherbayev o‘zining telegram kanalida xabar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi