«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mashina sotib oldi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 8 million yevroga Bugatti Centodieci sotib olgan.
Foto: Bugatti Centodieci
Bugatti Centodieci cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. Fransuz kompaniyasi ushbu mashinalarning atigi 10 tasini brendning 110 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqaradi.
Foto: Bugatti Centodieci
Avtomobilning maksimal tezligi soatiga 380 kilometrga teng. U 2,4 soniyada tezligini 100 km/soatgacha ko‘tarishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, Ronaldu ushbu avtomashinani «Yuventus»ning A Seriyadagi g‘alabasi sharafiga sotib olgan, biroq u mashinani 2021 yilda oladi.
Avvalroq Ronaldu jamoasining A Seriyadagi g‘alabasidan so‘ng 6 million yevroga yaxta sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Ronaldu Italiya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Turin klubi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi