Foto: Prezident matbuot xizmati
Bektemir tumani faollari bilan uchrashuvdan so‘ng davlatimiz rahbari mamlakatimizda ishlab chiqarilishi loyihalashtirilgan maxsus avtomobillarni ko‘zdan kechirdi.
O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil yanvarda Germaniyaga rasmiy tashrifi chog‘ida «O‘zavtosanoat» AJ va «Volkswagen» konserni o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Unga muvofiq, Jizzax avtomobil zavodida 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy minivenini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Yetti o‘rinli bu avtomobil turli sohalarga ixtisoslashtirish uchun juda mos keladi. Shuningdek, Isuzu zavodida ham qulay platforma mavjud.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lumki, mamlakatimizda yengil avtomobillar, yuk mashinlari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilib, aynan shu yo‘nalishdagi segment bo‘sh edi. Qo‘shni davlatlarda ham bunday avtomobillarga ehtiyoj bor.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu maqsadda tajriba tariqasida Volkswagen, Škoda va Isuzu liniyasida maxsus mashinalar namunalari tayyorlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev bunday yangi yo‘nalish import o‘rnini to‘ldirish va eksportni kengaytirishda muhim ekanini ta’kidlab, kerakli ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi