19:46 / 24.08.2020
4 672

Deputatlar va O‘zavtomotors ishida yangi o‘yinchi: Alisher Qodirov O‘zLiDePni aybdor sifatida ko‘ryapti

Deputatlar va O‘zavtomotors ishida yangi o‘yinchi: Alisher Qodirov O‘zLiDePni aybdor sifatida ko‘ryapti
Foto: Spot Alisher Qodirov / Telegram
Avvalroq bir guruh deputatlar “O‘zavtomotors” kompaniyasi ustidan Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasiga deputatlik so‘rovi kiritgan edi. Qo‘mita xalq vakillarining so‘rovini o‘rganib chiqib, monopol kompaniya narxlarni asossiz oshirganini tasdiqlagan edi. Bu haqda so‘rov yuborgan deputatlardan biri Doniyor G‘aniyev ma’lum qildi. G‘aniyevga ko‘ra, avtomobillar narxlari 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Ushbu xabardan bir kun o‘tgach, 20 avgust kuni O‘zavtomotors "avtomobillar narxini tushirish imkonsizligini", kompaniya o‘zining sudga murojaat qilish huquqidan foydalanishni rejalashtirgani haqida xabar berdi.

Bugun, 24 avgust kuni "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ushbu voqealarga munosabat bildirdi:
“O‘zavtomotors”ning yagona aksiyadori “O‘zavtosanoat”. “O‘zavtosanoat”ni yagona aksiyadori Hukumat. Hukumat saylovlarda eng ko‘p ovoz olgan O‘zLiDePning tavsiyasi bilan shakllangan..."

Alisher Qodirov xabarining birinchi xatboshisini o‘qib nahotki "Qodirov mashinalar qimmatligi sababini Uzautomotors'dan emas, hukumatdan so‘rashni tavsiya qilayotgan yoki o‘zi chetdan keltirilayotgan avtomobillarga davlat bojini pasaytirish (butunlay olib tashlash)ni talab qilayotgan bo‘lsa", deb o‘yladim. Qodirov fikrlarini o‘qishda davom etarkanman, noto‘g‘ri o‘ylaganimni tushundim. Qodirov o‘z "ijrosida", u bunaqa taklifni ham fikrni ham bermagan.

"O‘zLiDeP “O‘zavtomotors” masalasini o‘zi tavsiya qilgan Hukumatga emas, Hukumatga hisobdor bo‘lmagan Raqobat qo‘mitasi va Prokuraturaga arz qildi. Bu ishonchsizlikka sabab nima?

Muammoni sud tartibida ko‘rib chiqilishi albatta juda yaxshi, xalq haqiqiy holatdan xabardor bo‘ladi, lekin sudning qarori qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zLiDeP bu muammoni avval Hukumat bilan muhokama qilishi kerak edi. Chunki monopolistlar bilan bog‘liq muammo faqat "O‘zavtomotors"da tugamaydi. Xalqqa qimmat avtomashina sotib zarar yetkazayotgan monopolistni sudga berib, tannarxidan arzon elektr energiya va gazni sotib, zararini budjet mablag‘laridan qoplab kelayotgan boshqa monopolistni boshini silab rivojlanib bo‘lmaydi. Bozor talab va taklifga tayanib, manfaat uchun ishlab chiqaradi.

Hamma narsa shaffof bo‘lishi kerak. Har ikki holat ham O‘zbekistonning rivojiga xizmat qilmaydi. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar monopoliyalarni bosqichma-bosqich tugatish, bozorga moslashtirish, JSTga a’zolik sharoitida raqobatga tayyorlashni maqsad qilgan. Biz hali to‘liq bozor talablariga javob beradigan iqtisodiyotga ega emasmiz. Hukumat murakkab muvozanatni ushlab turish uchun nostandart qarorlar bilan ishlashga majbur bo‘layotganini rad etib bo‘lmaydi. Shunday sharoitda o‘zi tavsiya qilgan Hukumatning bu masaladagi fikrini eshitmasdan shovqin ko‘tarish, uzoqni o‘ylamasdan ish qilishdan boshqa narsa emas.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, aynan shu munozara sababli “O‘zavtomotors”ning xorijiy hamkori tomonidan yirik loyiha to‘xtatib qo‘yildi. Bu minglab vatandoshlarimiz uchun rejalashtirilgan ish o‘rinlari edi. Da’vo qanoatlantirilsa, yaxshi, avtomobil narxlari muvofiqlashtiriladi, xaridorlarga yetkazilgan zarar qoplab beriladi...

Qanoatlantirilmasachi?!

Mamlakatning avtomobilsozlik sohasida yo‘qotishlar, yetkazilgan zararni qoplash uchun Raqobat qo‘mitasi rahbariyatining iste’fosi yoki yetakchi partiyaning uzri yetarli bo‘ladimi?

Qaror qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘tgan besh yillikda ham, bu besh yillikda ham Hukumatni tavsiya qilgan (shu davr ichida avtomobil narxini belgilab bergan) O‘zLiDeP bu mojarodan xalq ishonchini suiste’mol qilayotgan bo‘lib chiqaveradi".

Deputat Alisher Qodirov bundan oldin ham shunga o‘xshash fikrlari bilan mashhur bo‘lib kelgan.

U hozir tanqid qilayotgan partiyasi O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod bo‘lgan va hozirda ham mamlakatni boshqarayotgan Shavkat Mirziyoyevni Singapurni "uchinchi dunyo mamlakatidan birinchisiga" olib chiqqan Li Kuan Yudan o‘tib ketganini ta’kidlagan edi. Shuningdek, eng oxirgi parlament saylovlarida ham "Agar uning partiyasi g‘alaba qozonsa, O‘zLiDeP nomzodi Abdulla Aripovni bosh vazirlikka tavsiya qilishini" aytgan edi. Xalq ikki marta ovoz berib saylab qo‘ygan Abdulla Qodirov butun partiyani tanqid qilib, unga savol berguncha, shu partiya vakillari bo‘lgan davlat va hukumat rahbarlariga aniq murojaat qilsa bo‘lmasmidi?!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Deputatlar va O‘zavtomotors ishida yangi o‘yinchi: Alisher Qodirov O‘zLiDePni aybdor sifatida ko‘ryapti