«Dunyoning yil avtomobili» (World Car Of The Year, WCOTY) tanlovi tashkilotchilari g‘oliblik uchun kurashadigan 24ta nomzodni e’lon qilishdi.
Hozircha ro‘yxat dastlabki xususiyatga ega. Da’vogarlarning yakuniy varianti dekabr oyida shakllantiriladi. Masalan, unga taqdimot marosimi sentabrda o‘tkaziladigan Mercedes-Benz S-Class modeli ham kiritilishi mumkin.
Hozirgi ro‘yxatdan 5ta nemis avtomobili joy olgan: Audi A3, BMW 2-Series Gean Coupe, BMW 4-Series, Mercedes-Benz GLA va Volkswagen ID.4.
Janubiy Koreyadan 7ta avtomobil kiritilgan: Genesis G80, Hyundai Elantra/Avante, Hyundai i10/Grand i10, Hyundai i20, Kia K5/Optima, Kia Sonet va Kia Sorento.
Yaponiyadan 8ta avtomobil kiritilgan: Honda Jazz/Fit, Honda-e, Mazda MX-30, Nissan Rogue/X-Trail va 4ta Toyota: Highlander, Sienna, Venza/Harrier, shuningdek, Yaris/Yaris Cross.
Ro‘yxatda 1ta amerikalik avtomobil bor: Ford Escape / Kuga. Shuningdek, Fransiyadan Citroen C4/e-C4, Ispaniyadan Seat Leon va Chexiyadan Skoda Octavia ham da’vogarlar orasida bor.
G‘olibni 29 mamlakatning 90 nafar jurnalisti aniqlab beradi. Uning nomi 2021 yildagi Nyu-York avtosalonida e’lon qilinadi.
Qayd qilish joizki, 2020 yilda Janubiy Koreyaning faqat AQSH bozori uchun ishlab chiqarilgan Kia Telluride avtomobili g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Bu yilgi ro‘yxatda ham shunday avtomobillar bor. Jumladan, Kia Sonet faqat Hindiston bozori uchun, Toyota Harrier esa faqat Yaponiya, AQSH va Kanada bozorlari uchun mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi