Foto: Universal Pictures Russia
Universal Pictures studiyasi Jeyms Bond haqidagi 25-film — «O‘lish vaqti emas»ning ikkinchi treylerini e’lon qildi. Yangi rolik qisman avtomobil tryuklariga bag‘ishlangan bo‘lib, ular orasida Land Rover Defender tomonidan amalga oshirilgan salto va pulemyot o‘rnatilgan Aston Martin DB5 driftini ko‘rish mumkin. Bir nechta kadrlarda Valhalla, Series II V8 Vantage va DBS Superleggera superkarlari ham ko‘zga tashlangan.
Film agent 007’ning iste’fodan so‘ng yana xizmat qaytishiga bag‘ishlangan (bosh rolni beshinchi bor Deniel Kreyg ijro etgan). Qadrdon do‘sti, MRB agenti Feliks Leyter (Jeffri Rayt) bilan Jeyms Bond o‘g‘irlab ketilgan olimni qidirish uchun otlanadi.
Shuningdek, ekranga Kristof Vals, Reyf Fayns va Ben Uishou ijrosidagi eski qahramonlar ham qaytadi. Kartinaga Keri Fukunaga («Haqiqiy detektiv», «Manyak») rejissyorlik qilgan bo‘lib, u Denni Boyl o‘rnini egallagan. Ssenariy muallifi — Fibi Uoller-Brij («Yevani o‘ldirib»), kompozitor — Xans Zimmer.
Koronavirus pandemiyasi sabab filmning katta ekranlarga chiqish vaqti apreldan noyabrga ko‘chirilgan. Jahon premerasi 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi