23:42 / 09.09.2020
2 893

BMW to‘qqizta yangi elektrokarni taqdim etadi

BMW to‘qqizta yangi elektrokarni taqdim etadi
Foto: BMW
BMW kompaniyasi 2030 yilda havoga nol miqdorda zararli gaz chiqaradigan to‘qqiz modelni elektrifikatsiya qilishga oid rejasi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor.

Power of choice («Tanlov kuchi») nomini olgan reja doirasida BMW 10 yil davomida yetti milliondan ortiq gibrid va to‘liq elektrlashtirilgan, jumladan, MINI markasi ostida avtomobillarni sotishni rejalashtirmoqda.

2030 yilga qadar bavariyaliklar Audi, Jaguar, Lexus, Mercedes-Benz va Tesla kabi kompaniyalar bilan raqobatlashib elektrokarlar segmentida yetakchiga aylanish niyatida. Kompaniya ushbu maqsadga erishish uchun yiliga o‘rtacha 460 ming «yashil» avtomobillarni sotishi kerak. Bu o‘tgan yilgi natijalardan ko‘p demak: kompaniya 2019 yilda 42 249 dona shu kabi BMW modellarini sotgan va ularning barchasi i3 modeli bo‘lib, u markaning ilk va hozircha yagona seriyali elektrokaridir.

To‘liq elektrlashtirilgan yangi modellar qatoridan iyul oyida taqdim etilgan X3 krossoveri (iX3 indeksi ostida) ham o‘rin oladi. 2021 yilda unga besh eshikli i4 kupesi ham qo‘shiladi. Bundan tashqari, yaqin yillar ichida X1 bazasida kichikroq krossover — iX1, shuningdek, i5 va i7 elektrokarlari paydo bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BMW’ga tegishli MINI markasi ostida ikkita elektrokar ishlab chiqariladi. Yangi modellar kompaniyaning dolzarb platformalarida quriladi — FAAR va CLAAR.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » BMW to‘qqizta yangi elektrokarni taqdim etadi