
Joriy yilning oktabr oyida «Jizzax avto» MCHJ «Folksvagen» konserniga tegishli ŠKODA brendini taqdim etadi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ axborot xizmati xabar berdi.
ŠKODA KODIAQ ikki xil komplektatsiyada taqdim etiladi: besh o‘rindiqli Ambition va yetti o‘rindiqli Style. Mahalliy bozor uchun ushbu model sig‘imi 2,0 litrlik, quvvati 180 ot kuchiga ega bo‘lgan turbo dvigatel, yetti bosqichli robotlashtirilgan, eng so‘nggi avlod DSG qutisi, to‘liq uzatma va panorama lyuk bilan taqdim etiladi.
Avtomobillar narxlari hali e’lon qilinmagan. Dastlabki avtomobillarning yetkazib berilishi joriy yilning noyabr oyida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar