20:30 / 09.10.2020
5 899

“UzAutoMotors” mashinalar narxini shakllantirishida maxfiy hujjatlarga asoslangani ma’lum qilindi

“UzAutoMotors” mashinalar narxini shakllantirishida maxfiy hujjatlarga asoslangani ma’lum qilindi
Bugun, 9 oktabr kuni, Toshkent shahar ma’muriy sudida “UzAutoMotors” AJning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilayotgan sud jarayoni davom etdi. Ushbu ma’muriy ish sudya G‘. Davlatov raisligida ko‘rilmoqda.

Bugungi sud majlisida dastlabki so‘z navbati arizachi vakiliga taqdim etilib, “UzAutoMotors” AJ vakili o‘z vajida javobgar o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra maxsus komissiyasi tomonidan ishni ko‘rishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi, jumladan komissiya yig‘ilishi 3, 7 avgust kunlari o‘tkazilgan bo‘lsada, mazkur yig‘ilish bayonnomalari yuritilmaganligini, faqatgina komissiyaning 19 avgust, ya’ni qaror qabul qilingan kundagi yig‘ilish bayonnomasi mavjudligi, maxsus komissiyaga yig‘ilishni o‘tkazishni boshqa kunga qoldirish to‘g‘risidagi iltimosnoma kiritilgan bo‘lsada, Nizomning 18-bandi talabi buzilib, ish “UzAutoMotors” AJ vakili ishtirokisiz ko‘rilib, jamiyatga yozma fikr va dalillarni taqdim etish huquqi cheklanganligini, shuningdek jamiyatda o‘tkazilgan tekshirish dalolatnomasida ko‘rsatilmagan holatlar komissiya yig‘ilishida muhokama qilinganligi, komissiya a’zolari tarkibida MQKQ raisi N. Sharipov bo‘lmasada, yig‘ilishda ishtirok etganligi, tekshirish davomida avtomobillarning tan narxi asossiz oshirilgan degan nomaqbul dalillar keltirilganligini bildirib, tekshirishda aniqlangan kamchiliklarni inkor etuvchi hujjatlar taqdim etildi.

Shuningdek, arizachi vakili tomonidan sudga iltimosnoma kiritilib, jamiyatda o‘tkazilgan tekshirishga asos bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish so‘raldi. Ushbu iltimosnomani qanoatlantirish to‘g‘risida sud o‘z o‘rnida ajrim qildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vakillarining arizachi talablariga nisbatan keltirilgan vajlari tinglandi.

Barcha taraflarning fikri tinglanganidan so‘ng, arizachi “UzAutoMotors” AJ vakili tomonidan dastlabki sud majlisida kiritgan iltimosnomani muhokama qilishni, ya’ni jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning tan narxi shakllantirilishida maxfiy hujjatlarga asoslanilganligi, MQKQ tomonidan esa ushbu hujjatlar tegishli tartibda o‘rganilmasdan qaror qabul qilinganligini, shu sababli o‘tkazilgan tekshirish va qabul qilingan qarorga nisbatan o‘z e’tirozlarini bildirishlari lozimligini ma’lum qilib, sudga “maxfiy” grifi ostidagi hujjatlarni taqdim etib, sud majlisini mazkur muhokama qismini yopiq tarzda o‘tkazish so‘raldi.

Ushbu iltimosnomani muhokama qilish va sud muhokamasiga taqdim etilgan qo‘shimcha dalillarni o‘rganish uchun ishni ko‘rish keyinga qoldirildi. Navbatdagi sud majlisi 2020 yil 16 oktabr kuni soat 10.00 da o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “UzAutoMotors” mashinalar narxini shakllantirishida maxfiy hujjatlarga asoslangani ma’lum qilindi