08:10 / 14.10.2020
3 105

«Telba Maks» uslubida yaratilgan 93 yoshli xot-rot sotuvga qo‘yildi (foto)

«Telba Maks» uslubida yaratilgan 93 yoshli xot-rot sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: eBay
eBay onlayn auksionida noodatiy lot paydo bo‘ldi: 1927 yilda ishlab chiqarilgan Essex markasidagi avtomobil bazasida yaratilgan olti g‘ildirakli Ratical Kiwi ret-rodi. Sotuvchi avtomobilni kamida 79 980 dollarga sotishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Motor.

«Telba Maks» filmidagi ekzotik mashinani yodga soluvchi transport vositasi Yangi Zelandiyadagi xot va ret-rodlarni yaratishga ixtisoslashgan Bellarat Customs atelesi tomonidan yaratilgan. Qayta ishlangan Essex birinchi bor 2019 yili Las-Vegasdagi SЕMA avtotyuning ko‘rgazmasida namoyish etilgandi.

Foto: eBay
Sotuvga qo‘yilgan mashinaning interer va ekstereridagi har bir ehtiyot qismi modifikatsiyaga uchragan. Suratlarga ko‘ra, 93 yoshli Ratical Kiwi original eshiklari, kuzovning old qismi va yumaloq faralarini saqlab qolgan. Kengaytirilgan va uzaytirilgan kuzov DNA Mutant Crystal maxsus bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan bo‘lib, bu unga ret-rodlar ko‘rinishini taqdim etgan. Orqa tomonidan esa o‘ziga xos yuk platformasi mavjud bo‘lib, unga uchtagacha velosiped yoki bitta motosikl o‘rnatish mumkin.

Foto: eBay
Mashina Holley karbyuratoriga ega 7,4 litrli Chevrolet V8 dvigateli yordamida harakatga keladi. Motor GM 70R4 mexanik uzatmalar qutisi, yangi «kardan val» hamda Jaguar differensial bilan birgalikda ishlaydi.

Shuningdek, mashinaga Jaguar ruli, tormoz supportlari va xromlangan g‘ildiraklari o‘rnatilgan. Salon ham to‘liq qayta jihozlangan: o‘rindiq va eshiklar jigarrang charm bilan qoplangan, yangi markaziy panel va audiotizim o‘rnatilgan.

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay

Foto: eBay
Avvalroq AQSHda «Telba Maks» uslubida yaratilgan Chevrolet Corvette 6600 dollar bahosida sotuvga qo‘yilgani ma’lum bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Telba Maks» uslubida yaratilgan 93 yoshli xot-rot sotuvga qo‘yildi (foto)