Angliya va Uelsdan Fiat-Chrysler Automobiles (FCA) dizel dvigatellari o‘rnatilgan 500 mingga yaqin avtomobil chaqirib olinishi mumkin. Bunga atrof-muhitga chiqariladigan zararli gazlar ko‘rsatkichi manipulyatsiya qilingan bo‘lishi ehtimolligi sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Konsern Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqidagi ayrim dizel dvigateliga ega modellarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida maxsus qurilmadan foydalangani sabab unga qarshi 5 milliard funt (6,5 million dollar)lik kollektiv da’vo kiritilgan.
Fiat, Alfa Romeo, Jeep, Iveco va Suzuki markalari ostida 2008-yildan boshlab ishlab chiqarilgan va Angliyada sotuvga chiqqan 500 mingga yaqin avtomobil chaqirib olinishi mumkin.
Bu kabi ma’lumotlar “yirik korporatsiya tomonidan huquqi buzilgan jabrlanuvchilar”ni himoya qilayotgan Britaniya, Braziliya va Amerika huquqshunoslarining hamkorlikdagi PGMBM kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan.
PGMBM tomonidan FCA’ga qarshi kiritilgan da’vo arizasi bo‘yicha ko‘rib chiqilgan sud jarayonlari davomida yuqoridagi transport vositalarining har bir egasiga 10 ming funtgacha kompensatsiya to‘lanishi mumkin. Ushbu brendlarning beshtadan to‘rttasi FCA nazorati ostida. Suzuki konsern ro‘yxatida bo‘lmasa ham, uning S-Cross, SX4 va Vitara kabi modellari FCA tomonidan yaratilgan dizel dvigatellari bilan jihozlangan.
2019-yilda FCA AQSh Adliya vazirligi va Kaliforniya shtatining dizel dvigatellaridan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minotdan noqonuniy foydalangani borasidagi e’tirozidan so‘ng 800 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi.
Avvalroq Tesla Xitoydan 50 mingga yaqin avtomobilini chaqirib olishga majbur bo‘layotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Volkswagen kompaniyasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federal ittifoqi (VZBV) tomonidan 260 ming xaridorning e’tirozlari inobatga olinib kiritilgan kollektiv da’vo arizasini sud jarayonlariga qadar hal etishga va kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgandi. Konsern 200 ming xaridor bilan kelishishga muvaffaq bo‘lgan va ularning foydasiga 620 million yevro to‘laydi. Da’vo mualliflarining ta’kidlashicha, Volkswagen rahbariyatining beparvoligi sabab dizel mashinalaridan atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalar qiymati pasaytirib ko‘rsatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi