Avtomobillarning tashqi ko‘rinishiga o‘zgartirish kiritish mumkin emasligini yaxshi bilamiz. Oynalarga deymizmi, faralargami va yo kuzovga – tegishli ruxsat bilan amalga oshiriladigan, ayrimlariga umuman ruxsat berilmaydigan ish bu.
So‘nggi paytlarda yorituvchi chiroqlarni ksenon chiroqlarga – qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yo‘l harakati ishtirokchilariga noqulaylik tug‘diradigan o‘ta yorug‘ chiroqlarga almashtirib olayotganlar ko‘payyapti. Bu harakatning boshqa ishtirokchilariga noqulaylik tug‘dirishi barobarida, yo‘l-transport hodisalarini ham keltirib chiqaradi.
Inspektorlar tomonidan negadir aynan shu qoidabuzarlikka e’tibor kamdek tuyuladi. Bu qoidabuzarlikni aniqlash ham oson emas: kunning faqat qorong‘u qismida aniqlash mumkin, harakatdagi avtomobilning ortidan quvish kerak bo‘ladi, aqalli uning raqamini yozib olish lozim va umuman, bir qator noqulayligi bor jarayon. Bu haqdagi savolga IIV YHXBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Erali Bozorov Kun.uz bilan suhbatda javob berdi.
«Bu qoidabuzarlikka ma’muriy javobgarlik bor. Transport vositalariga boshqa yoritish moslamalari o‘rnatish mumkin emas. Ha, texnik ko‘rikdan o‘tgach, yoritish moslamalarini ksenon va yoki boshqa kuchli yoritgichlarga almashtirib olayotganlar bor. Bunday qoidabuzarliklar tun paytida sodir etiladi. Tungi naryadlarimiz bu holatlarga chek qo‘yishadi. Statistikaga e’tibor bersak, yil boshidan beri shu kunga qadar 11 mingdan ortiq transport vositalari egalariga nisbatan choralar ko‘rilganini aytish lozim. Qiyin jihati buni faqat tundagina aniqlash mumkin», dedi Erali Bozorov.
Bobur Akmalov
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi