07:00 / 12.11.2020
3 453

Internetda yangilangan Lada Largus’ning suratlari paydo bo‘ldi

Internetda yangilangan Lada Largus’ning suratlari paydo bo‘ldi
Foto: «AvtoVAZ News»
Internetda yangilangan Lada Largus’ning suratlari paydo bo‘ldi. Bu safar «AvtoVAZ News» hamjamiyati avtomobil intereri va restayling modelning old qanoti tasvirlangan suratlarni e’lon qilgan. Ikkinchi surat orqali Largus’ga Renault Logan’dan qolgan yangi faralarni payqash mumkin, deb xabar beradi Motor.

Yangilangan Lada Largus avtosalonlarda 2021 yilning bahorlariga borib paydo bo‘ladi, biroq «AvtoVAZ» sinov modellarini yig‘ishni boshlagan. Hozircha faqatgina konveyerdan kuniga bir necha nusxa chiqishi ma’lum, to‘laqonli ishlab chiqarish 2021 yilning fevralidan boshlanadi.

Aftidan, yangi suratlarda old seriyali nusxalardan biri tasvirlangan ko‘rinadi. Mashina salonidan yangilangan old panel va xuddi Renault Duster’dagi kabi multimediya tizimi ekraniga ega markaziy konsol joylashgan. Avvalroq yangilangan Largus old va orqa parktronikalar, orqani ko‘rish kamerasi va old o‘rindiqlarni isitish tizimi bilan jihozlanishi ma’lum bo‘lgandi.

Foto: «AvtoVAZ News»
Ikkinchi suratda Largus’ning yangi qanoti va faralaridan biri tasvirlangan. Ular restaylingga uchragan Renault Logan’niki bilan bir xil. Biroq eng ko‘zga tashlanadigan o‘zgarishga radiator panjarasi uchragan — uning dizayni avvalroq e’lon qilingan patent tasvirlarida mavjud.

Foto: «AvtoVAZ News»
Lada Largus FL 87 yoki 106 ot kuchiga ega 1,6 litrli dvigatel yordamida harakatga kelib, mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Hozirda modelning yangilanmagan versiyasini 645,9 ming rublga (8400 dollar) xarid qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Internetda yangilangan Lada Largus’ning suratlari paydo bo‘ldi