12:30 / 27.11.2020
3 739

Rossiyada ideal holatda saqlangan «Fantomas mashinasi» sotuvga qo‘yildi

Rossiyada ideal holatda saqlangan «Fantomas mashinasi» sotuvga qo‘yildi
Foto: «Auto»
«Auto» saytida 1967 yilda ishlab chiqarilgan «Fantomas Citroen’i» — DS xetchbeki sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. «Darg‘azab Fantomas» filmida fransiyalik yovuz qahramon aynan shu kabi avtomobilni boshqargan. 53 yil oldin ishlab chiqarilgan xetchbek 89 ming dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

To‘q qizil rangdagi Citroen ostiga yozilgan izohga ko‘ra, u Portugaliyadagi Citroen Lusitania zavodida yig‘ilgan. DS «umri»ning asosiy qismini janubiy kengliklarda o‘tkazgan, Rossiyaga esa 2016 yilda, mahalliy kolleksionerlardan biri sotib olganidan so‘ng yuborilgan. Sotuvdan oldin «Fantomas mashinasi» yaxshilab restavratsiya qilingan — endilikda u ideal holatda.

Foto: «Auto»
Mashina saloniga chigarrang o‘rindiqlar o‘rnatilgan, Germaniyaning Blaupunkt kompaniyasiga tegishli orginal radiolani saqlab qolishga qaror qilingan.

Citroen DS kapoti ostidan 90 ot kuchiga ega 2,0 litrli benzin agregat o‘rin olgan. U besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Sotuvchiga ishoniladigan bo‘lsa, fransuz xetchbeki «umri davomida» 5600 ming kilometrgina yo‘l bosgan.

Foto: «Auto»

Foto: «Auto»

Foto: «Auto»
Ushbu Citroen Rossiyaning Birinchi kanalida namoyish etiladigan «Tunggi Urgant» ko‘rsatuvining suratga olish jarayonlarida ham paydo bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada ideal holatda saqlangan «Fantomas mashinasi» sotuvga qo‘yildi