14:07 / 14.12.2020
5 346

Tesla’dan uch barobar arzon «Kama-1» elektromobili taqdim etildi

Tesla’dan uch barobar arzon «Kama-1» elektromobili taqdim etildi
Foto: Meduza
«KamAZ» kompaniyasi Moskvada «Kama-1» ishchi nomi ostidagi elektromobilini taqdim etdi. Taqdimot 10 dekabr kuni «Vuzpromekspo-2020» ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan, deb xabar beradi Meduza.

Elektromobilni yaratish ustidagi ishlar 2018 yilda boshlangan. Uning loyihasi Sankt-Peterburg politexnika universiteti tomonidan tayyorlangan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, elektromobil hozircha sanoat seriya oldi nusxasi maqomida va u barcha sinov hamda sertikatsiya jarayonlaridan o‘tgan.

Uch eshikli «Kama-1» krossoveri to‘rt kishiga mo‘ljallangan. U bir marta quvvatlanish orqali 250 kilometr yo‘l bosa oladi, soatiga 150 kilometr tezlikda esa bir soat harakatlanadi va 50 daraja sovuqqa ham bardoshli. Mashinaning 100 km/soat tezlikka erishishi uchun 6,7 soniya kifoya. Avtomobil uzunligi 3,4 metrni, eni — 1,7 metrni, balandligi — 1,6 metrni, kliners — 160 millimetrni tashkil etadi. Rossiya avtomobil nashrlari yangi modelni «KamAZ» tomonidan ishlab chiqarilgan «Oka»ga qiyoslamoqda.

Elektromobil 33 kilovatt-soat sig‘imga ega akkumulator va 80 kilovattli elektrodvigatelga ega bo‘lgan. Akkumulatorning to‘liq quvvatlanishi uchun olti soat kerak (70-80 foiz — 20 daqiqada). Shuningdek, «Kama-1» uchinchi darajali ADAS elektron tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u haydovchiga mashinani boshqarish yoki avtoturargohga joylashtirishga yordam beradi.

Elektromobil narxi 1 million rubl atrofida (13,7 ming dollar). Taqqoslash uchun: eng arzon Tesla elektromobili — Model 3’ning AQSHdagi narxi 37 990 dollarni tashkil etadi. «Kama-1» savdolari 2021 yildan boshlanishi kutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi yiliga 20 mingga yaqin shu turdagi modelni sotishni reja qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla’dan uch barobar arzon «Kama-1» elektromobili taqdim etildi