21:50 / 03.01.2021
2 544

Avtomobil yonib ketishining oldini olish bo‘yicha maslahatlar

Avtomobil yonib ketishining oldini olish bo‘yicha maslahatlar
Foto: «Zen.yandex.com»
Avtomobil yonib ketishining oldini olish maqsadida qutqaruvchilar qishda avtoulovni muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishni, yong‘in o‘chirgichni salonda saqlashni hamda avtomobil ichida sigareta chekmaslikni maslahat berishadi.

Qutqaruvchilarning ta’kidlashicha, avtomobilda yong‘in kelib chiqishiga elektr jihozlar, shuningdek, boshqa tizimlar, mexanizmlar va butlovchi qismlardagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi qismlarning yuqori harorati, mashinada chekish, xavfli yuklarni noto‘g‘ri tashish yoki YTH yong‘inga olib kelishi hech gap emas.

«Yong‘inning oldini olish uchun mutaxassislar yong‘inga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida mashinani muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishni tavsiya etishadi. Qo‘shimcha uskunalarni (radio, magnitafon, signalizatsiya, isitgich va hokazolarni) o‘rnatish ham maxsus markazlarda amalga oshirilishi darkor», — deyiladi materialda.

Qayd etilishicha, har bir avtomashinada yong‘inga qarshi birlamchi vositalar bo‘lishi zarur: kamida ikki litr hajmdagi yaroqli o‘t o‘chirgich. Shuningdek, kerak bo‘lib qolganda uni olish imkoniyatini ta’minlash zarur.

O‘t o‘chirgichni salonda, avtomobil egasiga yaqinroq joyda saqlagan ma’qul. Uni yukxonada qoldirish tavsiya etilmaydi, chunki favqulodda vaziyatda uni olish qiyinchilik tug‘dirib qolishi mumkin.

«O‘t o‘chirgichdan foydalanish muddati o‘tganiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ya’ni uni vaqtida sozlab turish lozim, chunki kerak bo‘lib qolganda ishlamay qolish ehtimoli yo‘q emas. Mashinada chekishdan saqlaning, umuman chekmasangiz ham mayli», — deya maslahat berishadi mutaxassislar.

Qutqaruvchilarning ta’kidlashicha, avtoulovdagi yong‘in belgilarini shu zahoti aniqlash mumkin. Benzin hidi yoki kuygan rezina, salondagi simlar isi, kapot tagidan tutun chiqishi — bularning hammasi yong‘indan darak beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobil yonib ketishining oldini olish bo‘yicha maslahatlar