
Joriy yilning 25 yanvar kunidan boshlab Chevrolet Tracker krossoveri o‘rnini yangi avloddagi Tracker egallaydi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» xabar bermoqda. Yangi Tracker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo‘lgan audiotizim bilan jihozlangan.
Mashinaning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- zamonaviy uch silindrli ECOTEC turbomotor;
- aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l/100 km, quvvati 123 ot kuchi;
- 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- yoqilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan «STOP-START» intellektual tizimi;
- yangilangan va katta hajmli yukxona.
Yangi Tracker’ning narxi boshlang‘ich komplektatsiyada 145 mln so‘mdan boshlanadi. LT komplektatsiya esa - 193 043 478 so‘m. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar