Foto: Toyota
2020 yilda Toyota BMW’ni ortda qoldirib, qidiruv tizimlari orqali eng ko‘p qidirilgan avtomobil markasiga aylandi. Bu haqda dunyoning 158 mamlakatidagi eng ommabop so‘rovlar bo‘yicha Google Trends ma’lumotlarini tahlil qilgan Britaniyaning Compare the Market tahliliy agentligi hisobotida keltirilgan, deb xabar beradi Motor.
Tahlillarga ko‘ra, Yaponiyaning Toyota kompaniya 2020 yilda dunyoning 55 mamlakatidagi qidiruv tizimlarida yetakchilikni qo‘lga kiritgan. 2019 yilga qaraganda 28 davlatda o‘z natijalarini yaxshilab olgan Toyota’ning ommalashishi model qatorlarining kengayishi bilan izohlanmoqda, xususan, ular orasidan S+pod elektrokari, yangi Yaris, vodorodda harakatlanadigan Mirai va, albatta, beshinchi avlod RAV4 o‘rin olgan.
Shu bilan birga, BMW’ning internetdagi mashhurligi tushib ketgan: 2019 yilda Bavariya markasi 118 mamlakatdagi qidiruv tizimlarida yetakchilik qilgan bo‘lsa, 2020 yilda — faqat 34 mamlakatda. Shunga qaramay, brend reytingni ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan va so‘nggi uch yil davomida eng ko‘p qidirilgan markaga aylandi.
Foto: Toyota
Uchinchi o‘rin Mercedes-Benz’ga nasib etdi — dunyoning 15 mamlakatida uni eng ko‘p qidirishgan. To‘rtinchi pog‘onada Kia (7 ta davlat) joylashgan bo‘lsa, undan keyin Ford (6 ta davlat) o‘rin olgan. Shuningdek, ro‘yxatda Volvo, Audi, Honda, Nissan, Renault, Hyundai va Peugeot markalari joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi