10:30 / 07.02.2021
3 324

Egalari o‘z xarididan mamnun bo‘lgan avtomobil markalari reytingi e’lon qilindi

Egalari o‘z xarididan mamnun bo‘lgan avtomobil markalari reytingi e’lon qilindi
Foto: Flickr
Amerikaning Consumer Reports nashri o‘z egalariga ma’qul bo‘lgan avtomobil markalari reytingini e’lon qildi. So‘rovda ishtirok etgan 369 ming haydovchi o‘z mashinalarini beshta omil bo‘yicha baholagan, shuningdek, ular yana ushbu ishlab chiqaruvchining avtomobilini sotib olishga tayyorligini bildirgan, deb yozadi Motor.

Avtomobillarni baholashda uni boshqarishdan qoniqish, qulaylik (shovqin darajasi va harakat tekisligi), elektron qurilmalarining ishlashi, salonda buyumlarni saqlash uchun joyning kengligi va kutilgan narxga mos kelishi kabi mezonlardan foydalanilgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Tesla reytingning boshidan o‘rin olgan, biroq u faqat boshqarishdan qoniqish yo‘nalishi bo‘yicha besh ballni qo‘lga kiritgan. Elektrokarlarning qulayligi va elektron qurilmalarining ishlashini haydovchilar to‘rt ballga baholagan, salon kengligi — uch ball. Tesla narx-sifat bandi bo‘yicha faqat bir ballni qo‘lga kiritgan.

Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlar mos ravishda Amerikaning Lincoln, Ram va Chrysler brendlariga nasib etgan. Ushbu markadagi mashina egalari ularning elektronikasiga uch balldan qo‘ygan, biroq boshqarishdan qoniqish va qulayligi yuqori baholangan. Top-5 likning oxirdan Subaru o‘rin olgan bo‘lib, u biror-bir yo‘nalishda besh ballni qo‘lga kiritmagan, eng past — bir ballni esa multimedia tizimi uchun «ishlab olgan».

Reytingning eng oxiridan Cadillac, Nissan va uning sho‘’ba korxonasi Infinity o‘rin olgan. Infinity egalari uning elektronikasidan shikoyat qilgan, shuningdek, yapon markasining mashinalari juda qimmat turadi. Bundan tashqari, salonda buyumlarni saqlash bo‘lmalari ham «ikkiga baholangan».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Egalari o‘z xarididan mamnun bo‘lgan avtomobil markalari reytingi e’lon qilindi