Foto: Off Road History Museum
Dubaydagi yo‘ltanlamas texnikalar tarixi muzeyiga yangi eksponat olib kelindi. Bir necha kun oldin u yerga «4x4 g‘ildiraklar formulasiga ega dunyodagi eng katta avtomobil» — Amerikaning yaxshilab restavratsiya qilingan LARC LX transportyori o‘zi yurib kelgan, deb yozadi Motor.
BARC (Barge, Amphibious, Resuppley, Cargo) transportyorlari AQSH armiyasidagi «amfibizatsiya» dasturi doirasida yaratilgan — harbiy xizmatda bu kabi mashinalardan 2001 yilga qadar foydalanilgan. Ular hatto real jangovar sharoitlarda ham sinovdan o‘tkazilgan: 1967 yilda, Vetnamdagi urushning qizg‘in pallasida g‘ildirakli va gusenitsali texnikalarni, shuningdek, shaxsiy tarkibni tashishga mo‘ljallangan transportyorlar 101-desant-shturm bo‘limasiga, 1968 yilda esa 1-tank kavaleriyasi diviziyasiga yordam ko‘rsatgan.
Foto: Off Road History Museum
Hozirda LARC LX (Lighter, Amphibious Resupply, Cargo) deb ataluvchi mashinaning balandligi ikki qavatli uydek keladi. Nominal yuk ko‘tarish qobiliyati — 60 tonna, biroq harbiylar unga muntazam 130 tonnaga qadar yuk ortgan. Transportyor platformasiga 200 nafar askar yoki 12 metrli dengiz konteyneri siqqan. Amfibiya korpusi po‘latdan ishlangan bo‘lib, og‘irligi 100 tonnaga teng. Yo‘ltanlamas osti va yer yuzasi orasidagi masofa 900 millimetrga teng.
LARC LX kuchiga ega kema bortining yoniga o‘rnatilgan bir juft 265 ot kuchiga ega Detroit Diesel dizelli motorlari yordamida harakatga keladi. Yerda harakatlanish vaqtida o‘z g‘ildiraklaridan, suvda esa 1,2 metrli parraklardan foydalanilgan. Barcha to‘rtta agregat, shuningdek, uzatmalar qutisi va reduktorlar pnevmatik boshqariladi. Yo‘ltanlamas hayratlanarli darajada tejamkor: soatiga 140 litr dizel yoqilg‘isini sarflaydi.
Foto: Off Road History Museum
Endilikda LARC LX Dubaydagi yo‘ltanlamas texnikalar tarixi muzeyidan o‘rin oladi. Shuningdek, u yerda harbiy va fuqarolik texnikalari namunalarini, bundan tashqari, ulkan Dodge Power Wagon yoki «Oq o‘rgimchak» laqabli sakkiz g‘ildirakka ega Nissan Parol’ni uchratish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi