22:13 / 11.02.2021
2 801

Dunyodagi eng kuchli seriyali pikap sayyoradagi eng tezkor Mustang’ga qarshi (video)

Dunyodagi eng kuchli seriyali pikap sayyoradagi eng tezkor Mustang’ga qarshi (video)
Kadr: YouTube
YouTube’dagi The Fast Lane Truck kanalida bir qarashda o‘zaro raqobat borasida unchalik mos kelmaydigan avtomobillarning poygasi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Chorak mil masofaga uyushtirilgan poygada Dodge Ram 1500 TRX va Ford Shelby GT500 o‘zaro raqobatlashdi, deb xabar beradi Motor. Ikkita poyga natijasiga ko‘ra, eng kuchli seriyali pikap raqibini ortda qoldirdi.

Ford Mustang Shelby GT500 770 ot kuchi va 847 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 5,2 litrli V8 aluminiy motori bilan jihozlangan. Agregat yetti pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi va ikkita tepki yordamida boshqariladi. Eng tezkor seriyali Mustang soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi. Shu bilan birga, chorak milni tashkil etgan poyga masofasini orqa uzatmali sportkar 11 soniyada bosib o‘tgan.

To‘liq uzatmali Dodge Ram 1500 TRX kapoti ostida 6,2 litrli V8 HEMI kompressori o‘rin olgan. Motor 712 ot kuchi va 881 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir. Agregat sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Eng tezkor pikap soatiga 100 kilometr tezlikka 4,5 soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 190 km/soat.

Birinchi poygada Shelby GT500 startda biroz ushlanib qolishi oqibatida Ram 1500 TRX finishga birinchi bo‘lib yetib kelgan. Ikkinchi urinishdan oldin Mustang lonch-nazoratni faollashtirgan — biroq bu ham yordam bermagan. Og‘ir pikap poyga avvalidan o‘zib ketgan va finishga sportkardan taxminan yarim korpusga oldinroq yetib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Dunyodagi eng kuchli seriyali pikap sayyoradagi eng tezkor Mustang’ga qarshi (video)