12:50 / 21.02.2021
2 080

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon: IIV yangi qaror tayyorladi

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon: IIV yangi qaror tayyorladi
Foto: sputniknews-uz.com
IIV “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yil 1 apreldan boshlab:

- haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari xizmat ko‘rsatish hududlarida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini tadbirkorlik sub’ektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan e’tiboran to‘xtatilishi;

- haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yilishi;

- tadbirkorlik sub’ektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ta’minlanishiga doir chora-tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 31 maydagi 408-son hukumat qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

- tadbirkorlik sub’ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;

- tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishga doir talablar;

- tadbirkorlik sub’ektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar;

- Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakili tomonidan imtihonlarni o‘tkazish jarayonining bevosita yoki onlayn nazoratini olib borish;

- nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar berish tartibi;

- avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan ob’ektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar;

- avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarning tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘tkazish tartibi va boshqalar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihon: IIV yangi qaror tayyorladi