18:05 / 17.03.2021
3 303

Rossiyada sakkiz yil davomida restavratsiya qilingan 55 yillik «Volga» sotuvga qo‘yildi (foto)

Rossiyada sakkiz yil davomida restavratsiya qilingan 55 yillik «Volga» sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: Avito
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida restavratsiya qilingan 1966 yilgi «GAZ-21» sotuvga qo‘yildi. Sakkiz yil davomida qayta tiklangan avtomobil 1,8 million rublga (24,6 ming AQSH dollari) baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Sotuvga qo‘yilgan «Volga» oq-qizil kuzovga ega va intereri ham shu kabi charm bilan qoplangan. Qayta tiklangan avtomobil ideal holatda. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar restavratsiya jarayonida faqat original ehtiyot qismlardan foydalangan. Muhandislar kuzov detallarini ham, interer elementlarini ham zavod kataloglari bo‘yicha tiklagan.

Foto: Avito
Orqa uzatmali «Volga» 64 ot kuchiga teng 2,4 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, mexanik transmissiya bilan juftlikda ishlaydi. 55 yillik avtomobilning maksimal tezligi soatiga 130 kilometrni tashkil etadi. E’longa ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan nusxaga hozirga qadar bir kishi egalik qilgan va 2,5 ming kilometr yo‘l bosgan xalos.

Foto: Avito

Foto: Avito

Foto: Avito

Foto: Avito

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada sakkiz yil davomida restavratsiya qilingan 55 yillik «Volga» sotuvga qo‘yildi (foto)