18:23 / 20.03.2021
2 354

Tesla josus mashinami? Ilon Mask izoh berdi

Tesla josus mashinami? Ilon Mask izoh berdi
Foto: RIA Novosti
Tesla o‘zining elektromobillaridagi datchiklardan josuslik uchun foydalanilmasligini ta’minlashga intilmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Ilon Mask «Xitoy taraqqiyot forumi 2021»dagi onlayn konferensiyasida.

19 mart kuni G‘arb ommaviy axborot vositalari Xitoy rasmiylari harbiy xizmatchilar va davlat korxonalari xodimlarining Tesla elektromobillaridan foydalanishni cheklash niyatida ekanligi haqida xabar berishgan edi. Xususan, Reuters o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Tesla avtomobillariga Xitoy harbiy majmualari hududiga kirish taqiqlangani haqida ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu qarorga Tesla o‘zini o‘zi boshqarish tizimida foydalanadigan videokameralar to‘plagan ma’lumotlarning tarqalishi xavfi sabab bo‘lgan. Ilon Mask ushbu xabarlar to‘g‘risida 20 mart kuni bo‘lib o‘tgan onlayn-konferensiya davomida fikr bildirgan.

«Biz har qanday ma’lumotlarning maxfiyligini saqlashdan jiddiy manfaatdormiz. Agar Tesla Xitoyda yoki boshqa joyda josuslik uchun mashinalardan foydalansa, biz ishimizni to‘xtatib qo‘yamiz», — degan Mask.

Xitoy elektromobillar, jumladan Tesla uchun dunyodagi eng yirik bozorlardan biridir. 2020 yilda Teslaning elektromobillarining taxminan 30 foizi Xitoyga sotilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla josus mashinami? Ilon Mask izoh berdi