08:00 / 23.03.2021
2 077

Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshladi

Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshladi
Foto: LeEco
Xiaomi bosh direktori Ley Szyunyuga yaqin manbalardan biri kompaniya o‘z avtomobilini yaratish ustida ish boshlagani to‘g‘risida ma’lumot berdi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru. Texnologik kompaniyalarga xos ravishda, bu elektromobil bo‘ladi.

Xiaomi avtomobilini yaratishga kompaniya vitse-prezidenti Van Chuan mas’ul. U brendga asos solingan vaqtdan buyon faoliyat yuritib keladi, masalan, u hozirda kompaniyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan televizorlar ishlab chiqarish bo‘linmasini ishga tushirgan.

Xiaomi’ning avtomobil ishlab chiqarish borasidagi rejasi bir necha yilga cho‘zilishi mumkin, shu sababli kompaniyada loyihani noldan boshlamaslik ehtimoli mavjud. Xiaomi biror sherik topib, boshqa model bazasida mashina yaratishi mumkin.

Hozirda Huawei xuddi shu kabi yo‘ldan ketmoqda — kompaniya avtomobillar uchun bort tizimi va o‘z qurilmalarining ekotizimini kengaytirish uchun «aqlli» ekranlar yaratmoqda. Kompaniyaning o‘zi biror avtomobil ishlab chiqarmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning aprelida Xiaomi korporatsiyasi o‘z avtomobilini yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Biroq shuncha kutilganiga qaramay, bu to‘laqonli mashina emas, balki Suzuki Jimny modelining 1:16 masshtabda kichraytirilgan o‘yinchoq modeli bo‘lib chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xiaomi kompaniyasi o‘z avtomobilini yaratishni boshladi