Yaqin kunlarda Chevrolet Equinox’ning 2021 yil rusumidagi avtomobillarga shartnoma berish boshlanadi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida «O‘zavtosanoat» modellar qatorini yangilash strategiyasi sababli Chevrolet Equinox’ning hozirgi avlodi ishlab chiqarilishi to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. Shu bois ushbu modelni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni olish uchun arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yopilgandi.
Kompaniya mas’ul xodimining aytishicha, Chevrolet Equinox rusumidagi avtomobillarga shartnomalar aynan qaysi sanadan berilishi hozircha aniq emas.
«Yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilmoqda. Xaridorlar bilan shartnoma tuzish qachondan boshlanishi bir-ikki kunda ma’lum qilinadi», – dedi Zumrad Shojalilova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda