15:20 / 23.03.2021
2 328

Hummer uchun mo‘ljallangan shisha tomli va liftga ega kelajak garajining loyihasi namoyish etildi

Hummer uchun mo‘ljallangan shisha tomli va liftga ega kelajak garajining loyihasi namoyish etildi
Foto: Robb Report
Amerikalik arxitektor Kelli Uistler sahroda joylashgan futuristik garaj loyihasini taqdim etdi. Ikki qavatli bino lift bilan jihozlangan bo‘lib, u intererning asosiy elementi — GMC Hummer EV elektropikapining harakatlanishiga imkon beradi, deb yozadi Motor.

Loyiha muallifining so‘zlariga ko‘ra, futuristik Hummer Concept Garage sahroda joylashgan. Biroq xohishga ko‘ra, ikki qavatli binoni shahar sharoitida ham moslashtirish mumkin. Garaj intereri o‘zida Hummer EV dizayniga ishora qiluvchi vizual elementlarni mujassamlashtirgan. Ko‘tariladigan darvoza, shuningdek, shaffof tom ham aynan shu uslubda yaratilgan. Binoni qoplashda ishlatilgan materiallar sabab elektropikap atrofdagi makonga uyg‘unlashib ketadi.

Foto: Robb Report
Garajning asosiy yangiligi aylana lift bo‘lib, u podium shaklida ishlangan. Elektromotorlar yordamida postament Hummer EV’ni ikkinchi qavatga ko‘tarishga qodir. Loyihada ushbu hudud yashil zona sifatida ko‘rsatilgan. Arxitektorlarning fikricha, bu kabi yechim uyda istiqomat qiluvchilarga elektropikapning haqiqiy chiroyidan bahramand bo‘lishga yordam beradi.

Foto: Robb Report
Ayni vaqtda mazkur loyiha faqatgina virtual model ko‘rinishida bo‘lib, ushbu futuristik garaj real hayotga tatbiq etilish yoki etilmasligi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Hummer uchun mo‘ljallangan shisha tomli va liftga ega kelajak garajining loyihasi namoyish etildi